AQShning Venesuelaga qarshi tahdidlari imperializm va psixologik urushning yangi shaklidir.
Bu haqda tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto Venezolana de Televisión telekanali orqali ko‘rsatilgan Amerika qit’asining tinchlik va suvereniteti uchun xalqlar assambleyasi ochilishida ma’lum qilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, AQShning Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sanksiyalari G‘arb kutgan natijani bermagani uchun Venesuelaga qarshi “psixologik urush” boshlangan. “Bu, ehtimol, 200 yil ichida birinchi marta iqtisodiy, harbiy va ommaviy axborot vositalari kuchlari misli ko‘rilmagan psixologik urush olib borish uchun foydalanilmoqda”, - dedi vazir.
Tashqi ishlar vaziri Vashingtonning “Qit’ada AQSh hukmronligini o‘rnatish maqsadida” Monro doktrinasini qayta tiklashga qaratilgan imperialistik urinishlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh siyosati "nafaqat Venesuela, balki butun Lotin Amerikasi va dunyoning suveren davlatlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘diradi".
Xil Pinto Venesuela bilan birdamlik ko‘rsatgan davlatlarga minnatdorchilik bildirib, Rojdestvo bayrami arafasida “AQSh tahdidlariga qaramay, Venesuela xalqi tinchlikda” ekanini ta’kidladi.