Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukrainalik futbolchi "PSJ"dan rossiyalik golkiperning ketishini talab qilmoqda

A A A
Ukrainalik futbolchi "PSJ"dan rossiyalik golkiperning ketishini talab qilmoqda

Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy "Bornmut"dan "PSJ"ga o‘tishi mumkin. Shu bilan birga, Zabarniy faqat bir holatda - agar jamoadan rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ketgan taqdirda, parijliklar tarkibini to‘ldirishga tayyor. Bunday talabni 22 yoshli ukrainalik muzokaralar jarayonida ilgari surgan. Bu haqda "PSJ Reporter" xabar bermoqda.

Shuningdek, "PSJ" va Safonov o‘rtasida ham keskinlik kuzatilmoqda. 26 yoshli rossiyalik darvozabonni klubni tark etishga undashmoqda.

Matvey Safonov o‘tgan yozda "PSJ" safini to‘ldirgandi. O‘shandan beri rossiyalik to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritdi - Liga 1, Fransiya kubogi, Fransiya Superkubogi va Chempionlar ligasi.

Kiritildi: 18:52 05.08.2025. O'qildi: 3181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!