Yaman Qurolli Kuchlari Isroilning Ben-Gurion xalqaro aeroportiga gipertovushli “Falastin-2” ballistik raketa bilan zarba berganini ma’lum qildi. Hujum oqibatida parvozlar to‘xtatildi, aholi orasida ommaviy sarosima yuzaga keldi.
Bu haqda Al-Masirah telekanali xabar berdi. Yaman Qurolli Kuchlari rasmiy vakili Yahyo Sare’ bayonot berishicha, Isroilning Yaffoda joylashgan Lod (Ben-Gurion) aeroporti “Falastin-2” gipertovushli raketa bilan nishonga olingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum muvaffaqiyatli bo‘lib, millionlab aholi panohgohlarga yugurishga majbur bo‘lgan, aeroportdagi parvoz faoliyati to‘xtatilgan.
Sare’ ta’kidlashicha, ushbu operasiya Falastin xalqiga nisbatan adolatsizlikka qarshi, G‘azo qamalini va Al-Aqso masjidiga qilingan tajovuzlarni jazolash maqsadida amalga oshirilgan.