Telegram messenjeri shaxsiy akkauntlarni tekshirish funksiyasini joriy qildi. Profilning haqiqiyligi haqidagi rasmiy tasdiqni olgan birinchi foydalanuvchi platforma asoschisi va bosh direktori Pavel Durov bo‘ldi.
"Durova Code" Telegram-kanalining xabar berishicha, Pavel Durovning tasdiqlangan akkaunti tavsifida endi "Ushbu akkaunt Telegram vakillari tomonidan tasdiqlangan" degan yozuv paydo bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, yangi tasdiqlash belgisining dizayni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan odatiy "ko‘k tasdiq belgilari" dan farq qiladi. Buning o‘rniga Telegram original yechimni taklif qildi – messenjer logotipi (samolyot) maxsus ramkada, bu kompaniyaning foydalanuvchilarni identifikasiya qilishdagi o‘ziga xos yondashuvini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Telegramda haqiqiylik belgisi sifatida an’anaviy tasdiq belgisini olgan kanallarni tekshirish tizimi mavjud edi. Bundan tashqari, 2025 yil boshida messenjer dizayn jihatidan farq qiluvchi maxsus piktogrammalardan foydalangan holda botlarni tekshirishni joriy qildi.