Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Vena shahrida “Qambarota GES-1”ni qurish va foydalanish loyihasi yuzasidan uch tomonlama bitim imzolandi

Vena shahrida “Qambarota GES-1”ni qurish va foydalanish loyihasi yuzasidan uch tomonlama bitim imzolandi

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Ushbu xabarga ko‘ra, joriy yilning 10 iyun kuni Qirg‘iz Respublikasi xalqaro energetika investisiya forumi o‘tkazilgan.

Jahon banki guruhi ko‘magida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya kabi davlatlar vakillari va Yevropa Ittifoqi hamda bir qator xalqaro moliya institutlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston tomonidan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qatnashdi.

Unda tomonlar Qirg‘iz Respublikasining energetika sohasini isloh qilish borasidagi ishlari, investisiya imkoniyatlari hamda “Qambarota GES-1” loyihasini muhokama qilish, Markaziy Osiyoda toza energiyaga o‘tishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashdi.

Ushbu tadbir doirasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari energetika vazirliklari o‘rtasida “Qambarota GES-1”ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.

Unga ko‘ra, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va “Qambarota GES-1” suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini yaratishga kelishib olindi.

Kiritildi: 16:30 11.06.2024. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!