Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vazirlik ogohlantirdi: kollejda o‘qimaganlar diplom ololmaydi

A A A
Vazirlik ogohlantirdi: kollejda o‘qimaganlar diplom ololmaydi

Termiz bank kolleji direktori o‘rinbosari Muzrabot ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejini bitirganlik to‘g‘risida soxta diplom rasmiylashtirib berishga uringan paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

2019-2020 o‘quv yili kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga diplomlarni topshirish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqqa binoan Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda kasb-hunar kollejlarida diplom blanka (ilova)larini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, topshirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha javobgar shaxslar belgilangan.

Shuningdek, kasb-hunar kollejlari 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilarining o‘qishga qabul qilinganligi, 2- va 3-bosqichga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqlari asosida bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasi yaratilgan. Mazkur bazaga tegishli muddatda kasb-hunar kollejida ta’lim olmagan o‘quvchilarni kiritishning imkoni yo‘q.

Joriy yilda shaxsga tegishli diplomning haqiqiyligi ushbu ma’lumotlar bazasi yordamida tekshiriladi.

Kasb-hunar kollejlarida yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga amaldagi qonun hujjatlari asosida davlat namunasidagi diplom rasmiylashtiriladi.

“Shunday ekan, hamyurtlarmizdan jinoiy ishlarga aralashib qolmaslikni va ta’lim olmagan kasb-hunar kollejlaridan soxta diplom olib beraman degan shaxslarga ishonib qolmaslikni so‘raymiz”, – deya ogohlantiradi vazirlik.

Kiritildi: 15:21 12.06.2020. O'qildi: 7511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!