Bugun 9 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Vazir 5 nafar rektor ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Vazir 5 nafar rektor ishdan olingani haqidagi xabarlarni rad etdi


Ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir qator universitet rektorlari lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Vazirning aytishicha, 6 noyabr kunigi yig‘ilishda beshta emas, to‘rt nafar rektorga qattiq ogohlantirish berilgan. Hozirda vazirlikda rektorlar faoliyatini o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan.

«Hali bitta rektorni ham ishdan olganim yo‘q. Qaysi rektor qolish-qolmasligi ishchi guruhning haqqoniy xulosasi asosida hal qilinadi», — dedi Turdimov.

Kiritildi: Bugun 15:49. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik