Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Vaysman institutidagi laboratoriya butunlay yo‘q qilindi

Vaysman institutidagi laboratoriya butunlay yo‘q qilindi

Isroilning Haaretz nashri Vaysman instituti professori ma’lumotiga tayanib laboratoriya butunlay vayron bo‘lganini xabar qilmoqda. Eron raketaci binoning uch qavatining qulashiga sabab bo‘lgan.

Vaysman instituti Isroilning harbiy-texnik kompleksi bilan yaqindan bog‘liq bo‘lib, quyidagi sohalarda muhim tadqiqotlar markazi hisoblanadi:

▪️ Ma’lumotlarni tahlil qilish va jangovar boshqaruv uchun sun’iy intellekt;
▪️ Pilotsiz uchuvchisiz qurilmalar (PUK) va avtonom tizimlar texnologiyalari;
▪️ Raqamli kuzatuv va signalni bloklash ilg‘or elektron vositalari;
▪️ Alternativ navigasiya tizimlari;
▪️ Harbiy kodlarni himoya qilish;
▪️ Dushman muhiti uchun shifrlangan aloqa;
▪️ Yo‘naltirilgan energiya va yadro qo‘llanmalari bo‘yicha tadqiqotlar;
▪️ Yaralangan askarlarni maydonda davolash usullarini ishlab chiqish.

❕ Institut Isroil armiyasi bilan elita dasturlar doirasida yaqindan hamkorlik qiladi, shuningdek sanoatda asosiy hamkorlaridan biri Elbit Systems kompaniyasidir.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot instituti uzoq yillardan beri Isroilning harbiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab keladi — Isroilning yadro dasturidagi dastlabki ishtirokidan tortib, maxsus xizmatlar bilan bog‘liq kiberoperasiyalargacha.

Kiritildi: 13:46 17.06.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!