Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Turkiyadan 18 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Turkiyadan 18 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida Turkiya Respublikasining Mersin viloyatida yashovchi va vaqtincha mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi, deya xabar beradi "Dunyo" AA.

Qabul davomida turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, insonparvarlik aksiyasi doirasida 18 nafar vatandoshimizga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Antaliya–Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi uchun aviachiptalar Migrasiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilindi va ular yurtga qaytarildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etilgan holda ishga joylashtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Mersin viloyatida faoliyat yuritayotgan “Asya Fel Group” kompaniyasi mas’ullari bilan muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniya direktori Eren O‘zturk Turkiyaning Nig‘de viloyatida barpo etilayotgan yangi ishlab chiqarish fabrikasida ishchi kuchi talab yuqori ekanini ma’lum qildi va ushbu mehnat resurslariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida:

“Asya Fel Group” kompaniyasi 2010 yilda issiqxona materiallari ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda u Navoiy viloyatida 147 gektar maydonda zamonaviy issiqxona qurilishini ham amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:43 07.08.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!