Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Vashintongdagi aviahalokat natijasida qurbon bo‘lganlarning 19 nafarini jasadi daryodan olib chiqildi

Vashintongdagi aviahalokat natijasida qurbon bo‘lganlarning 19 nafarini jasadi daryodan olib chiqildi

Vashingtondagi harbiy vertolyot bilan to‘qnashib daryoga qulagan yo‘lovchi samolyotdan 19 nafar qurbonning jasadi chiqarildi.

Bu haqda BNO News axborot portali xabar bermoqda.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida American Airlines samolyoti va Blackhawk vertolyotining havoda to‘qnashuvi oqibatida Potomak daryosidan kamida 19 kishining jasadi olib chiqildi", — deya xabar beradi portal.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Blackhawk harbiy vertolyoti AQSh poytaxtidan 40 km uzoqlikda joylashgan bazadan parvoz qilgan, deb xabar qildi Pentagon. U mashg‘ulot parvozida edi. Samolyot bortida uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan, ularning hech biri yuqori darajali qo‘mondonlik xodimlari emas edi.

Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgan joyga olib boruvchi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan.

Vashington aeroporti kamida juma kuni ertalabgacha yopiladi, deb xabar berdi CNN AQSh Federal aviasiya boshqarmasiga tayanib.

Kiritildi: 10:48 30.01.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!