Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Vashingtonda samolyot halokati qurbonlari jasadlari uchun vaqtinchalik o‘likxona ochildi

Vashingtonda samolyot halokati qurbonlari jasadlari uchun vaqtinchalik o‘likxona ochildi

NBC telekanali Vashingtonda Bombardier CRJ700 yo‘lovchi samolyotining Sikorsky H-60 harbiy vertolyoti bilan to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchilarning jasadlarini qabul qilish uchun vaqtinchalik o‘likxona tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatida halok bo‘lganlarning jasadlarini qabul qilish uchun Vashingtonda vaqtinchalik o‘likxona tashkil etilgan.

Vaqtinchalik o‘likxona sifatida foydalanilgan qizil chodirlar Vashingtondagi Janubiy Kapitoliy ko‘chasi yaqinidagi vertolyot maydonchasiga o‘rnatilgani xabar qilingan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlar o‘likxonaga qayiq va tez yordam mashinasida olib kelinmoqda.

Kolumbiya okrugi tibbiy ekspertizasi operasiyani Kolumbiya okrugida o‘n yillar davomida o‘tkazilgan eng yirik operasiya deb atadi.

Avvalroq, bugun, 30 yanvar kuni ertalab Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida vertolyot va yo‘lovchi samolyoti to‘qnashgani xabar qilingandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatga uchragan joyda Potomak daryosidan 28 kishining jasadi chiqarib olingan.

Kiritildi: 21:09 30.01.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!