Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Vashingtonda Moskvaning amaliyoti fosh etildi

Vashingtonda Moskvaning amaliyoti fosh etildi

Seshanba kuni AQSh Adliya vazirligi Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlari bilan bog‘liq operasiyasi fosh etilganini e’lon qildi. «Amerika Ovozi» rus xizmatining xabar berishicha, «AI» AQSh va boshqa mamlakatlarda kremlparast hikoyalarni tarqatish uchun ishlatilgan.

«Adliya vazirligi Rossiya agressiyasiga qarshi turish va Amerika xalqini himoya qilish uchun barcha qonuniy vakolatlardan foydalanishda davom etadi», dedi Bosh prokuror Merrik Garland.

FQB va Milliy kibermissiya, Kanada Kiberxavfsizlik Markazi, Niderlandiya Bosh razvedka va xavfsizlik xizmati, Niderlandiya Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmati va Gollandiya polisiyasi bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma qo‘llanma chiqardi. Unda ijtimoiy tarmoqlar uchun bot fermasi asosidagi texnologiya batafsil tasvirlangan, deya ta’kidlaydi Amerika Ovozi.

Rossiya fosh qilingan bot fermasidan chet el dezinformasiyasini tarqatish va Ukrainaga yordam beradigan sheriklarning faoliyatini buzish uchun foydalanmoqchi edi.

Kiritildi: 11:38 10.07.2024. O'qildi: 3631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!