Vashington yaqinida samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi, natijada 14 nafar konkida uchuvchi, murabbiy va Amerika figurali uchish tashkilotlari a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda NBC News telekanali Boston figurali uchish klubiga tayanib xabar berdi. Ushbu sport klubining bosh direktori Dug Zegib bu butun figurali uchish jamoasi uchun katta yo‘qotish ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari Boston figurali uchish klubi a’zosi bo‘lgan – ikki murabbiy, ikkita konkida uchuvchi va ikki ota-ona farzandlariga hamroh bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, bortida 60 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan American Airlines samolyoti uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan harbiy Black Hawk vertolyoti bilan to‘qnashuvi samolyot Ronald Reygan aeroportiga qo‘nishga yaqinlashayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari Potomak daryosiga qulagan. Ulardan hech biri omon qolmagan.