Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Vashington Eron terma jamoasidan 2026 yilgi Jahon chempionatiga kelmaslikni talab qilmagan

Vashington Eron terma jamoasidan 2026 yilgi Jahon chempionatiga kelmaslikni talab qilmagan

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, AQSh futbolchi va murabbiylarning kelishiga qarshilik qilmaydi. Biroq, asosiy xavotir delegasiyaning boshqa a’zolari bilan bog‘liq.

"AQSh tomonidan hech kim ularga kela olmaysizlar deb aytgani yo‘q. Bizni Eron sportchilari emas, balki delegasiyaning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim a’zolari xavotirga solmoqda", — dedi Davlat departamenti rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Eronning turnirdagi ishtirokini rasman taqiqlamagan bo‘lsa-da, delegasiya tarkibi bo‘yicha qat’iy tekshiruvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 13:58. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!