Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Vashington 10 yil ichida import bojlardan 6 trillion dollar daromad olishni kutmoqda

Vashington 10 yil ichida import bojlardan 6 trillion dollar daromad olishni kutmoqda

Qo‘shma Shtatlarning o‘n yil davomida import bojlaridan tushgan daromadi taxminan 6 trillion dollarni tashkil qiladi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha katta maslahatchisi Piter Navarro ma’lum qildi.

"Bojlar 600 milliard dollarga yaqin daromad keltiradi, bu o‘n yillik davr mobaynida 6 trillion dollarga yaqin", — dedi u.

Navarroning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar faqat avtoulov tariflaridan taxminan 100 milliard dollar daromad olishni kutmoqda. Shuningdek, u Tramp ma’muriyati Amerika avtomobillarini sotib olganlar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:56 31.03.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!