Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Varraklar Isroilda qancha masofani yondirdi?

Varraklar Isroilda qancha masofani yondirdi?

Bugun Isroil saytlaridan biri Buyuk qaytish norozilik aksiyasi doirasida G‘azodan jo‘natilgan yondiruvchi varraklar va ballonlar sababli qancha masofa talofat ko‘rganini e’lon qildi.

Isroilning Waela sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, varraklar va yonuvchi ballonlar 32 ming akr masofaning yonib ketishiga sabab bo‘lgan. Bu yirik shahar yoki katta dengizning yarmiga teng keladigan masofa hisoblanadi.

Isroil sayti: "Varraklar sababli yonib ketgan hudud Tel-Avivning yarim masofasidan ko‘prog‘iga, Bi’r sab’ hududi, Yarqon bog‘idan o‘n barobar ko‘pga, Tiberiya dengizining to‘rtdan bir qismiga teng. Buyuk qaytish norozilik aksiyasi boshlanganidan buyon 32 akr dehqonchilik yerlari, o‘rmonlar va qo‘riqxonalar yonib ketgan. Isroil hukumati buni nazorat qilishga urinadi. Lekin olov to‘xtamaydi", deb yozadi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:47 14.07.2018. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!