“Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shtimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (183-son, 05.04.2021 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 10 apreldan:
➖ Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazi MCHJ Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq:
● jamoat ishlarida ishtirok etayotgan va bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratilayotgan fuqarolarning biometrik avtorizasiya hamda GPS-trekking tizimlari joriy etiladi;
● mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, chet eldan qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish maqsadida autsorsing shartlarida psixologik mutaxassislar jalb etiladi.
📝 Hududda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda vaqtincha yashash joyiga ega bo‘lgan fuqarolar ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.
🏢 2021 yil 1 mayga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va abkm.mehnat.uz tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situasion tezkor markaz tashkil etiladi.
📋 Qaror bilan shuningdek, “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.