Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Vaqt hech kimni ayamaydi: 69 yoshli Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi

Vaqt hech kimni ayamaydi: 69 yoshli Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi

Aprel oyida 70 yoshni qarshi oladigan afsonaviy aktyor va kaskadyor Jeki Channing so‘nggi kunlarda olingan surati internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bolalik xotiralari bilan bog‘liq aktyorning keksayganini ko‘rgan muxlislar qayg‘uli izohlar qoldirmoqda:

“Vaqt shiddat bilan o‘tib bormoqda”, “Bolaligimizni eslatadigan buyuk aktyorning qarishini kuzatish juda achinarli va qiyin”, deb yozadi foydalanuvchilar.

Biroq sodiq muxlislar o‘sha kunda olingan boshqa suratlarni izlab topishga muvaffaq bo‘lishdi va Jeki Chan shunchaki noto‘g‘ri rakursdan suratga olingan degan xulosaga kelishdi.

Jeki Chan – xitoylik va amerikalik aktyor, kaskadyor, kinorejissyor, prodyuser hamda jangovar syujetlarni sahnalashtiruvchi, qo‘shiqchi, ehson qiluvchi va jang san’ati ustasi. YUNISEF’ning ko‘ngilli elchisi, Britaniya imperiyasining Kavaler ordeni sohibi. U jangari filmlarda yengil hazillari va shirin tabassum bilan bir necha avlod muxlislarining mehrini qozongan.

Kiritildi: 16:43 18.03.2024. O'qildi: 14587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!