Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Vaqf" xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari tayinlandi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari tayinlandi

Umarov Saidabror Bozor o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbarining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - matbuot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi

Bu haqda fond axborot xizmati xabar bermoqda.

S.Umarov 1990 yilda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Bir necha yillardan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot-tahlil bo‘limi hamda Matbuot xizmatida faoliyat yuritib kelgan.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirildi.

Kiritildi: 17:07 04.06.2021. O'qildi: 2077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!