Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatildi

Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatildi

Bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartish kiritish bo‘yicha qonun 30 nobyar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Kodeks 170-moddasining yangi tahririga ko‘ra, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish valyuta boyliklari musodara qilingan holda 15 sutkagacha (oldin to‘liq 15 sutka) ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (oldin 20 BHM) jarima qo‘llaniladi.

O‘zgarishlar 1 dekabrdan boshlab amal qiladi.

Kiritildi: 12:16 01.12.2021. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!