Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Valverde «Oltin to‘p» haqida: «Kroosga bergan bo‘lardim»

Valverde «Oltin to‘p» haqida: «Kroosga bergan bo‘lardim»

Federiko Valverdening fikricha, bu yilgi «Oltin to‘p» uchun uning sobiq jamoadoshi Toni Kroos munosib.

«Kroos, Kazemiro va Modrich bilan birga o‘ynab, sen bir necha yilga ulg‘aygandek bo‘lasan. Ular menga juda ko‘p maslahatlar bergan.

«Oltin to‘p»ni men Kroosga bergan bo‘lardim. Faqat texnik yoki taktik jihatlari uchun emas, insoniyligi uchun ham u bu sovringa munosib», - deydi Valverde France Football bilan suhbatda.

«Top-15likda ekanimdan xursandman. Keyingi yil o‘nlikda bo‘lishga harakat qilaman. Yildan-yilga katta maqsadlarni qo‘yib borish kerak, aks holda futbolchi o‘smay qolishi mumkin», - deydi u.

Ma’lumot uchun, «Real»ning yana ikki o‘yinchisi Vinisius va Bellingem ham «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar sanaladi.

Kiritildi: 10:42 14.10.2024. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!