Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

A A A
"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

«Havodek zarur» loyihasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab Uzum milliy raqamli ekotizim xodimlari hasharga chiqib, 100 dan ortiq daraxt ekishdi.

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

Toshkentda Uzum jamoasi Olmazor tumanida joylashgan Sog‘bon ko‘chasidagi xiyobonda shumtol ko‘chatlarini ekishdi va mamlakatning 20 shahrida Uzum Market milliy marketpleysining buyurtmalarini tarqatish punktlari oldida daraxtlar ekildi.

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

— Jamoa bilan birgalikda biz nafaqat raqamli ekotizimni, balki mamlakatimizning millionlab aholisi uchun kelajakni qurmoqdamiz, — dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov. — Butun Respublika uchun muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ekotizim jamoasi bilan birgalikda bizda mavjud bo‘lgan barcha resurslardan foydalanamiz: omborlar, logistika, vaqt va kuchimiz. Shunday qilib, biz ONA jamg‘armasiga butun mamlakat bo‘ylab muhtojlarga yordam ko‘rsatishda ko‘maklashamiz va bugun ko‘chalarimiz va havomiz toza bo‘lishiga hissa qo‘shish uchun butun mamlakat bo‘ylab xasharga chiqdik.

Daraxtlarning koordinatalari «Yashil Makon» umummilliy platformasiga ma’lumotlarni kiritish uchun Ekologiya vazirligiga topshiriladi — shu tariqa nafaqat Uzum xodimlari, balki davlat organlari ham ko‘chatlar holatini kuzatib borishadi.

Daraxtlar Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Andijon, Qarshi, Termiz, Namangan, Jizzax, Urganch, Qo‘qon, Nukus, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Guliston, Shahrisabz, Bekobod, Marg‘ilon, Asakada ekilgan.

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

"Uzum" xodimlari respublika hashari doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab daraxt ekib chiqishdi

Kiritildi: 19:09 18.03.2024. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!