Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

«O‘ztransgaz» haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

A A A
«O‘ztransgaz» haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

"O‘ztransgaz" avtotransport egalariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda respublikaning barcha hududlarida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.

Aholini, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni, shuningdek, respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarining kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshib ketadi va bu gaz ta’minoti tizimida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

“Hurmatli avtotransport egalari, kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) aholiga, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarga, shuningdek, respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalariga tabiiy gaz maksimum yetkazib berilishini inobatga olib, sizlardan avtomashinalaringizga siqilgan gaz quyishda ushbu vaqtlarni inobatga olishingizni va vujudga kelgan holatga tushungan holda munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “O‘ztransgaz”  iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlashdagi uzilishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi va avvaldan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Kiritildi: 19:20 18.11.2019. O'qildi: 3097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!