Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

UZTELECOM atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan kompaniya merchi loyihasini taqdim etdi

UZTELECOM atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan kompaniya merchi loyihasini taqdim etdi

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” doirasida UZTELECOM o‘zining yangi ekologiya mavzusidagi merchini taqdim etdi. Ushbu merch dizaynida Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan biri devorida chizilgan ekologik ruhdagi muraldan ilhom olingan.

Mazkur tashabbus axborot texnologiyalari haftaligi — "ICT Week Uzbekistan 2025" davomida namoyish qilinmoqda. To‘rt kun davomida istalgan foydalanuvchi “MyUZTELECOM” ilovasining “Yashil makon” bo‘limi orqali xayriya uchun mablag‘ yo‘naltirib, kompaniya tomonidan tayyorlangan merchni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu merchlar sotilmaydi va soni cheklangan.

Xayriyaga hissa qo‘shganlar uchun futbolkalar, kepkalar va boshqa sovg‘a mahsulotlari taqdim etiladi. Bu orqali kompaniya nafaqat ekologik madaniyatni targ‘ib qiladi, balki jamiyatni xayriya va “yashil” tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga undaydi.

Kiritildi: 13:51 23.09.2025. O'qildi: 474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!