Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqdi

O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqdi

O‘zsanoatqurilishbank tizimida moliya-bank sohasida birinchilardan bo‘lib ESG va barqaror rivojlanish siyosati tasdiqlandi. Bu bilan bank global ekologik va ijtimoiy dasturlarni yanada faol qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 31 iyulda qabul qilingan “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilish belgilangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ham korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) hamda ESG tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. Farmonga asosan shu yil 1 iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik soliq to‘lovchilar CSR va ESG holati to‘g‘risida har yili 1 iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan ESG va barqaror rivojlanish siyosati bank uchun mijozlar, investorlar, aksiyadorlar, hamkorlar, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari bilan “yashil” iqtisodiyot mezonlari doirasida hamkorlik qilishda dasturilamal bo‘ladi.

– ESG tamoyillari asosida ish yuritish yorqin kelajak uchun muhim poydevordir, shu bois xorijiy investorlar kompaniyalarni tanlashda ushbu jihatga ustuvor ahamiyat bermoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmonov. – Davlatimz rahbari tomonidan qabul qilingan yuqoridagi hujjatlarga ko‘ra joriy etilayotgan YESG tamoyillari muassasaga istiqbolli investorlarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, bankning ESG va barqaror rivojlanish siyosati yurtimizda “yashil” loyihalarni faol ravishda moliyalashtirish va shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish, atrof-muhitga tarqaladigan salbiy chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Siyosatga ko‘ra, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi umumjahon miqyosda kuzatilayotgan global muammolar yechimi o‘rganilib, ular bankning yaqin va uzoq muddatli barqaror rivoji yo‘lida keng qo‘llaniladi.

Kiritildi: 14:24 02.04.2024. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!