Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zMU rektori Yaponiyaning faxriy unvoni bilan taqdirlandi

A A A
O‘zMU rektori Yaponiyaning faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avaz Marahimov Yaponiyaning OTMning faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zMU rektori boshchiligidagi delegasiya Yaponiyaga tashrifi doirasida Soka universiteti bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat universitetlari o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshiradi, ilmiy izlanishlarni birgalikda olib boradi.

Bundan tashqari, Termiz va Axsikentda yaponiyalik hamkorlar bilan birgalikda arxeologik va etnografik ilmiy ekspedisiyalarni tashkil etishga ham kelishildi.

Tashrif doirasida “Soka Gakkay Interneshnl” prezidenti Daysaku Ikeda O‘zMUning “Faxriy doktori” unvoni bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 08:45 05.11.2019. O'qildi: 2041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!