Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir sababli hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

A A A
“O‘zgidromet” kuchli yomg‘ir sababli hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 20—22 mart kunlari kutilayotgan noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, 20—22 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 20—21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

20—21 mart kunlari shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, 20—22 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

FacebookTwitterLinkedIn

Kiritildi: 13:24 18.03.2024. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!