Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zgidromet: Aprelda rekord darajadagi issiq va kam yog‘ingarchilik kuzatildi

O‘zgidromet: Aprelda rekord darajadagi issiq va kam yog‘ingarchilik kuzatildi

Shu yilning aprel oyi iqlimiy qiymatlarga nisbatan iliqroq bo‘ldi. Oyning birinchi yarmida o‘rtacha harorat me’yordan o‘rtacha 4-7 darajaga yuqori bo‘lgan.

“O‘zgidromet agentligi“ning xabar berishicha, maksimal havo harorati asosan 23-28 daraja atrofida, eng iliq kunlarda esa 30-32 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 34-36 daraja bo‘lishi kuzatildi.

18-20-aprel kunlari havo harorati me’yordan 3-8 darajaga keskin pasaydi. Havoning salqin bo‘lishi uzoq vaqt davom etmadi va uchinchi o‘n kunlik boshidan harorat yana ko‘tarila boshladi. Eng iliq davrda (shimolda 26-27-aprel kunlari, respublikaning qolgan qismida 27-28-aprel kunlari) kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajagacha isidi.

O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun aprel oylarida maksimal harorat rekordi yoki rekord qiymatlariga yaqin bo‘ldi.

Aprel oyi juda quruq bo‘ldi.

Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 2-3 kundan, tog‘larda 4-5 kundan) yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Yomg‘ir asosan bir oz va o‘rtacha jadallikda yog‘di. Asosan ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 2-3 kun davomida bir kecha-kunduzda miqdori 15 mm dan 27 mm gacha, Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (Maydontol) 45 mm gacha bo‘lgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.

Aprel oyining uchinchi o‘n kunligida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. Respublikaning aksariyat hududlarida aprel oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yorga nisbatan kam bo‘ldi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Xorazm, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida bir oyda yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda esa me’yordan ko‘p bo‘lishi qayd etildi.

Kiritildi: 18:48 15.05.2025. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!