Noma’lum faollar Moskva metrosidagi Stalin haykaliga Vladimir Putin va Dmitriy Medvedevning stalinizmni tanqid qiluvchi iqtiboslarini joylashtirdi.
Lavhalarning biriga Putinning Stalin davridagi shaxsga sig‘inish va ommaviy jinoyatlar haqidagi iqtibosi, ikkinchisiga esa Medvedevning Stalin "eng qattiq bahoga loyiq" ekanligi haqidagi so‘zlari yozilgan.
Iqtiboslar yozilgan lavhalarda aksiya tashkilotchilari Moskva "Deptrans"i Putin va Medvedevning so‘zlariga qo‘shilish-qo‘shilmasligini so‘rashmoqda.
Ilgari Moskvadagi "Taganskaya" metro bekatida Iosif Stalinning haykali o‘rnatilganligi haqida xabar berilgandi.