Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzaxda yashirin "Neksiya"larning taqdiri hal bo‘ldi

Jizzaxda yashirin "Neksiya"larning taqdiri hal bo‘ldi

Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan qarzdor "M.T" MCHJga nisbatan olib borilgan ijro harakatlari davomida bir qator huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Xususan, jamiyatning soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzdorligi sudning qaroriga asosan undirilishi belgilangan bo‘lsa-da, MCHJ rahbariyati tomonidan qonuniy talablarga rioya etilmagan.

Qidiruv tadbirlari natijasida "M.T" MCHJga tegishli bo‘lgan "Neksiya-1" va "Neksiya-2" rusumli, avval qidiruvga berilgan avtotransportlari aniqlanib, xatlovga olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MCHJ rahbarlari tomonidan ushbu avtotransporlarini xatlashdan yashirish maqsadida qasddan yashirin harakatlar sodir etilgan.

Hozirda mazkur transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan bo‘lib, agar "M.T" MCHJ tomonidan belgilangan muddatlarda qarzdorlik to‘liq qoplanmasa, ushbu transport vositalari qonunda belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqariladi va sotuvdan tushgan pul qarzdorlikga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 10:32 16.05.2025. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!