Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

"Toshturma"da odam ko‘payib ketgani rostmi? - Ombudsman munosabati

"Toshturma"da odam ko‘payib ketgani rostmi? - Ombudsman munosabati

Joriy yilning 14 may kuni «abdumalikovich_uzb» telegram-kanalida Jazoni ijro etish departamentining Toshkent viloyatida joylashgan Markaziy tergov hibsxonasida belgilangan me’yordan ortiq shaxs saqlanayotgani haqida xabar e’lon qilindi.

Mazkur masala avval ham Ombudsman tomonidan o‘rganilib, natijasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas’ul idoralarga tegishli xulosa kiritilgan hamda bu borada jamoatchilikka xabar berilgan.

15 may kuni amalga oshirilayotgan qurilish ishlarni yana bir bor ko‘rish hamda muassasadagi sharoitlarni monitoring qilish maqsadida, Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Qayd etish lozimki, hibsxona hududida qo‘shimcha joylashtirish imkonini yaratish maqsadida 6 qavatdan iborat yangi bino qurilishi boshlangan bo‘lib, hozirda qurilishning so‘nggi bosqichi — oltinchi qavat qurilishi amalga oshirilmoqda. Yakunlanayotgan qurilish ishlari mahbuslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash va saqlanayotgan shaxslarning yashash maydoni bo‘yicha belgilangan normaga rioya qilish imkonini beradi.

Monitoring davomida mahbuslar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoiti, ovqatlanish, tibbiy yordam bilan ta’minlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari ham atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, uchrashuvga kelgan advokatlar bilan suhbatlashildi.

Shu bilan birga, yangi bino qurilishini tezlashtirish, mavjud muammoni yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 19:00 15.05.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!