Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi Istanbuldagi muzokaralar tugadi.
Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegasiyalari muzokaralar chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy asirlar almashinuvi masalalarini muhokama qilishgan.
"Bizda prezident Zelenskiyning aniq ko‘rsatmasi bor. Muzokaralar o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi masalalari doirasida olib borildi", — deya bayonot berdi Ukraina delegasiyasi rahbari Rustom Umerov.
Umerovning aytishicha, yaqin orada “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tishi mumkin. "Biz almashinuv sanasini bilamiz, ammo hozircha e’lon qilmaymiz", — dedi u.
Umerovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatishning barcha jihatlari ko‘rib chiqilgn. Shuningdek, muzokaralarda Zelenskiy va Putinning uchrashuvi ham muhokama qilingan.
"Bu masalada ham ishlayapmiz". Tez orada yangi muzokaralar o‘tkazilishi bo‘yicha yangiliklar e’lon qilinadi", — deya izoh berdi Ukraina delegasiyasi rahbari.