Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
  • RSSTelegram

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

Daryo

O‘Lotinchaga o‘tkazing

 

USD10540.09

RUB143.85

EUR12790.4

 

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

 

0°C

Toshkent

 

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildiYuklab olishGoogle play «O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildiYuklab olishApp Store

Mahalliy

 

13:11 Bugun 15331

«O‘zgidromet» 24 fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» 24 fevral, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-22 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja sovuq; Ustyurtda kechasi 20-25 daraja sovuq, kunduzi 13-18 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo  viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Avvalroq «O‘zgidromet» 23 fevraldan havo harorati keskin sovib ketishi kutilayotganini ma’lum qilib, 25—27 fevralda kutilayotgan sovuq havo mevali daraxt kurtaklari va gullariga zarar yetkazishidan ogohlantirgandi.

Kiritildi: 13:54 23.02.2021. O'qildi: 5251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!