Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zenergoinspeksiya: Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 900,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

O‘zenergoinspeksiya: Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 900,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Bugun, OAV uchun kontent tayyorlash markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zenergoinspeksiya tomonidan “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati hamda qish mavsumini betalofat o‘tkazish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zenergoinspeksiya boshlig‘i Axadxon Isoqjonov joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🤩 Ta’kidlanganidek, nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va boshqa qoidabuzarliklar bilan bog‘liq 3 060 ta holat aniqlandi. Jumladan, 144,3 mln kub metr tabiiy gaz va 243,1 mln kVt·soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga jami 900,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani qayd etildi.

🤩 Neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish doirasida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va korxonalardan olingan namunalar tahlil qilinib, 330 ta holatda jami 7 828,3 tonna sifasiz neft mahsulotining sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

🤩 Elektr energetika tizimi korxonalarida brigadalar tomonidan ishlarning xavfsiz tashkil etilishi yuzasidan 366 marta o‘rganish o‘tkazildi. Aniqlangan qoidabuzarliklar sababli 168 ta brigadaning ishi to‘xtatildi, 121 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo qo‘llanildi.

🤩 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida 10 376 ta obektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan, 6 464 ta iste’molchining elektr qurilmalari esa texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Neft-gaz sohasida lisenziya va ruxsatnomalar olish bo‘yicha 2 786 ta murojaat ko‘rib chiqilib, 491 ta lisenziya hamda 1 545 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

🤩 Matbuot anjumanida tadbirkorlik subektlari manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 283 ta tadbirkorlik subektiga elektr energiyasi uchun ortiqcha hisoblangan 5 mlrd 321 mln so‘m hamda tabiiy gaz uchun ortiqcha hisoblangan 19 mlrd 84 mln so‘m qayta hisob-kitob qilinib, ularning manfaatlari tiklandi.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javoblar berildi.

Kiritildi: 16:22 04.11.2026. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!