AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush sabab benzin narxi oshganini tan oldi.
«Aslida, biz eng kuchli iqtisodiyotga egamiz. Ammo benzin narxi tufayli odamlar buni to‘liq his qilmayapti. Benzin bilan bog‘liq muammo Eron sababli yuzaga keldi», — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq u benzin narxi oshishida Ukrainaning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalarini ham ayblagan edi.