“O‘zbekneftgaz” 2025 yil sentyabrdan AI-80 benzini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Joriy yilning o‘zida AI-80 zaxiralari tizim korxonalari omborlarida tugatiladi.
2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzinlar ( AI-91, AI-95) sotilishi rejalashtirilgan.
Bu qaror “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot maqsadlariga muvofiq qabul qilinmoqda. Prezident farmoniga binoan, 2025 yil yakuniga qadar AI-80dan foydalanish va sotishni cheklash uchun barcha resurslar safarbar etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida 2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 rusumli avtomobil yoqilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash belgilangan edi.