Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“O‘zbekneftgaz”ning obligasiyalari “Yil bitimi” deb topildi

“O‘zbekneftgaz”ning obligasiyalari “Yil bitimi” deb topildi

Global Banking & Markets” xalqaro tashkiloti o‘tkazgan yillik konferensiyada “O‘zbekneftgaz” AJning London fond birjasida 850 million dollarlik obligasiyalari joylashtirilishi “Yil bitimi” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Kompaniya mazkur e’tirofga “GBM Awards: Central & Eastern Europe” hamda “Central Asia & Türkiye 2025” mukofotlari topshirish marosimida sazovor bo‘ldi.

Tadbir chog‘ida “Standard Chartered”, “J.P. Morgan”, “Citibank” va “Deutsche Bank AG” kabi yirik bank va moliya institusiyalari “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hamda transformasiya jarayonlariga yuqori qiziqish bildirdilar. Ular o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istagi borligini ham qayd etdi.

Kiritildi: 21:25 30.11.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!