Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQShlarda Ai-80 markali avtobenzinning narxi o‘zgarmagan

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYOQShlarda Ai-80 markali avtobenzinning narxi o‘zgarmagan

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2022 yil 5 iyul kunidan “O‘zbekneftgaz” AJ AYOQShlarida Ai-80 markali benzin narxi oshganligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqaldi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi UNG Petro AYOQShlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan.

Ta’kidlanishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022 yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlandi. Jumladan, avtobenzin (109,5 %), dizel yonilg‘isi (113,2 %) bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Shuningdek, 72,7 ming tonna Yevro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilg‘isi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilg‘isi ishlab chiqarildi.

Kiritildi: 08:14 06.07.2022. O'qildi: 2438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!