Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbeklar Xitoy, Keniya va Eronning choyini ko‘p ichadi

O‘zbeklar Xitoy, Keniya va Eronning choyini ko‘p ichadi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 23,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 15 ming 553 tonna choy import qilingan.

Asosiy yetkazib beruvchilar Xitoy – 12 ming 475 tonna, Keniya – 659 tonna, Eron – 538 tonna, Qozog‘iston – 468 tonna, Hindiston – 382 tonna va boshqa davlatlardan 1 ming 31 tonna choy import qilingan.

Demak, O‘zbekistonga import qilinayotgan choyning 80 foizdan ortig‘i Xitoydan keltirilmoqda. Chunki Xitoy choyi nisbatan arzon va ommabop, logistika va savdo aloqalari esa qulay.

O‘zbekiston aholisi orasida qora choy eng ko‘p iste’mol qilinadi. So‘nggi yillarda yashil choyga bo‘lgan qiziqish ham ortdi. Organik va maxsus damlamalar bozorda ko‘proq paydo bo‘lmoqda.

Kiritildi: 06:27 06.08.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!