Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"O‘zbekkonsert" rahbari Jahongir Poziljonov ijrosidagi "Selfi Mening Prezidentim" qo‘shig‘iga munosabat bildirdi

"O‘zbekkonsert" rahbari Jahongir Poziljonov ijrosidagi "Selfi Mening Prezidentim" qo‘shig‘iga munosabat bildirdi

O‘zbekkonsert davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan va ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan Bojalar guruhi solisti Jahongir Poziljonovning Selfi Mening Prezidentim qo‘shig‘i haqida fikr bildirdi.

Ushbu qo‘shiq Zo r TV TV kanali bilan hamkorlikda olingan va keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Prezidentimiz san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. Davlatimiz rahbarining amaliy ishlari sabab, butun dunyo tan olmoqda. Biz bugun J.Poziljonovga indamasak, ertaga boshqasi ham shunaqa qo‘shiq aytib chiqishi mumkin. Kimgadir yaxshi ko‘rinishni istayotganlar xalq uchun xizmat qilib, o‘z ishini mas’uliyat bilan qilsin, dedi muassasa direktori O.Abduqahhorov.

Shuningdek, muassasa rahbari J.Otajonov ijrosidagi Qaddi baland-ey qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda ham milliyligimizga mos bo‘lmagan kadrlar borligini aytib o‘tdi.

Kiritildi: 15:40 08.02.2019. O'qildi: 5743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!