Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 5 mlrd 546 mln dollarga kamaydi.
Natijada 1 oktyabr holatiga ko‘ra, umumiy zaxiralar hajmi 66 mlrd 589 mln dollarni tashkil etdi.
Ushbu pasayish jahon bozorida oy davomida oltin narxi 9 foizga arzonlashgani bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham mazkur oyda 703 mln dollarga kamaygan.
Biroq zaxiradagi oltinning sof fizik hajmi 7,33 tonnaga ko‘payib, 446,16 tonnaga yetdi. Bu yangi rekord hisoblanadi.