Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev yurtimizda amalga oshirilayotgan koronavirusga qarshi chora-tadbirlar, shuningdek, vaksinasiya jarayonlarining ikki oylik tahlili bo‘yicha bayonot berdi.
shQayd etilishicha, u yilning 31 may holatiga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘ylab ikki oy davomida yurtdoshlarimiz 646 ming 116 doza AstraZeneca, 1 million 351 ming 807 doza ZF-UZ-VAC2001, 71 ming 595 doza “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.
Yurtimizga AstraZenecaning — 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001ning — 3 yarim million doza, “Sputnik V” vaksinasining — 170 ming doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, hozircha O‘zbekistonning vaksina zahirasi 4 million 330 ming dozaga yetgan.