Olimpiada g‘olibi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi shaxmatchilari Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Ëqubboyev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan, Javohir Sindarov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, murabbiy Rustam Qosimjonov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
«46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.
Farmon bilan quyidagi shaxmatchilar, murabbiylar va xodimlar taqdirlandi:
«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan
– Madaminov Muhiddin Bahodirjon o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan
– Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Vohidov Shamsiddin Po‘lat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Ëqubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
– Qosimjonov Rustam Mashrukovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
– Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
– Sindarov Komil Oydinovich - O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi o‘rinbosari
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
– Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
«Do‘stlik» ordeni bilan
– Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
– Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federasiyasi bosh kotibi
– Talipov Rashid Azatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi
«Mardlik» ordeni bilan
– Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
– Kakishova Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
– Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
– Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
– Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
– Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Azizov Komiljon Ikromovich - O‘zbekiston shaxmat federasiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi
– Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federasiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi
– Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
– Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
– Djumayev Baxtiyor Melikulovich - O‘zbekiston shaxmat federasiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi
– Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
– Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
– Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
– Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
– Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi