Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Xurshid Mirzohidovni diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Sadir Japarov Xurshid Mirzohidovning diplomatik xizmati davomida barcha darajadagi muhim ikki tomonlama tadbirlar va tashriflar bo‘lib o‘tgani, qator muhim Qirg‘iziston-O‘zbekiston ikki tomonlama hujjatlar imzolangani, savdo-iqtisodiy yo‘nalishda yaxshi natijalarga erishilganini ta’kidladi.

“O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etilib, uning faoliyati bugungi kunda tizimli va samarali amalga oshirilmoqda, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitasiya qilish yakunlandi, ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi va qo‘shma sanoat kooperasiyasida yangi imkoniyatlar ochildi”,

degan Japarov O‘zbekiston elchisiga.

Prezidentimiz bunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning alohida va muhim o‘rni borligini alohida ta’kidlagan.

O‘zbekiston elchisi Xurshid Mirzohidov davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston Sadir Japarov rahnamoligida barcha jabhalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sport sohalarida faol rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.

Muloqot so‘ngida Prezident Sadir Japarov ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xurshid Mirzohidovni Qirg‘iziston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlagan.

Kiritildi: 20:38 14.06.2024. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!