AQShdagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytish uchun eski namunadagi (biometrik bo‘lmagan) pasportdan foydalana olmaydi. Bu haqda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi, deb yozdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
Qayd qilinishicha, eski namunadagi pasportlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki o‘tmagan eski namunadagi pasport egalari O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari (elchixona va konsulxona) orqali O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishi kerak.
Avvalroq, Markaziy Amerikaning Kosta Rika davlati AQShdan deportasiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.