Shavkat Mirziyoyev 178 kilometrli ushbu magistral yo‘lni kapital ta’mirlash ishlarini boshlash uchun 3 oy muddat belgiladi.
Prezident Toshkent – Termiz yo‘nalishiga koreyalik hamkorlar bilan zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelinishi haqida ham ma’lum qildi.
Shuningdek, joriy yilda “Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on” hududi tezyurar qatnovga moslashtiriladi, 103 kilometrlik “Qumqo‘rg‘on – Quduqli” temir yo‘l liniyasini qurish ishlari ham boshlanadi.