🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyul oylarida jami 166 893 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 ming nafarga yoki 17,7 foizga oshgan.
📊 Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat — 138 320 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash — 24 555 nafar;
davolanish — 2 016 nafar;
xizmat yuzasidan — 1 097 nafar;
o‘qish — 905 nafar.