Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sadir Japarov: «Xalq dushmanlari» shafqatsizlarcha jazolanadi

Sadir Japarov: «Xalq dushmanlari» shafqatsizlarcha jazolanadi

Davlat rahbari tashqi destruktiv kuchlar ta’sirida va ulardan pul olgan holda mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga, aholi o‘rtasida vahima va norozilik tuyg‘usini tarqatishga urinayotgan shaxslar qattiq jazolanishini ma’lum qildi. U o‘z nutqida bunday kimsalarni «xalq dushmanlari» deb atab, ularga nisbatan hech qanday shafqat bo‘lmasligini va jazo muqarrarligini qat’iy ta’kidladi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rivojlanishining birinchi va eng asosiy sharti temir intizomdir. Prezident huquq-tartibot idoralari xodimlaridan yuqori professionallik, mas’uliyat va xalqqa sodiq xizmat qilishni talab qildi. Shu bilan birga, u siloviklarga fuqarolar va chet ellik mehmonlar bilan xushmuomala bo‘lish hamda har bir murojaatga tezkorlik bilan yordam berish bo‘yicha alohida topshiriq berdi.

Ushbu saf ko‘rigi va xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlar — Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti hamda Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari arafasida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda mamlakatda «Xavfsizlik» maxsus operasiyasi boshlangan bo‘lib, jamoat tartibini saqlashga Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kabi qator idoralarning 15 ming nafardan ortiq xodimi safarbar etilgan.

Kiritildi: 19:04 29.08.2026. O'qildi: 834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!