Amerikalik milliarder Ilon Mask OpenAI rahbarlarini keskin tanqid qilib, ularni «mutlaqo ishonchsiz ablahlar» deb atadi va notijorat tashkilotni «o‘g‘irlab olganlikda» aybladi. Bunga kompaniyaning Cursor ishlab chiquvchisi bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori sabab bo‘lgan.
«Skam Altman va Greg Stokman — mutlaqo ishonchsiz ablahlar. Ular ochiq kodli notijorat tashkilotni o‘g‘irlab olishdi», — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
Milliarder o‘z postida raqiblarining ismlarini ataylab o‘zgartirgan. U Sam o‘rniga ingliz tilida «firibgarlik» ma’nosini anglatuvchi scam so‘zini ishlatgan, Brockman familiyasini esa Stockman deb yozgan.
Maskning bunday munosabatiga OpenAI’ning Cursor bilan hamkorlikdan voz kechgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Matnda qayd etilishicha, bu qaror Cursor ishlab chiquvchisi SpaceX nazoratiga o‘tganidan keyin qabul qilingan.
Cursor ayni paytda OpenAI, Google, Anthropic modellari, shuningdek, Ilon Maskning xAI kompaniyasiga tegishli Grok bilan ishlaydi.