Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam berish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu jinoiy guruh davlat organlari faoliyati sohasida bilimga va Rossiya fuqaroligini berish bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan mansabdorlar bilan aloqalarga ega shaxslar tomonidan pul ishlash maqsadida 2023 yilda tuzilgan.
Ular Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari orasidan Rossiya fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan, ammo buning uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarni qidirib, 150 ming rubldan 350 ming rublgacha pul evaziga Ukraina fuqaroligini tasdiqlovchi soxta plastik pasportlar va Donesk hududida ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risidagi soxta guvohnomalar tayyorlash bilan shug‘ullangan. Bu chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini bergan.
Noqonuniy migrasiya bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoiy guruhning 9 nafar a’zosi qo‘lga olingan. Tergov doirasida Moskva, Donesk, Rostov-Don va Tula shaharlarida 30 ta tintuv o‘tkazilib, ko‘plab davlat idoralari va muassasalarining, shu jumladan, xorijiy davlat shtamplari, muhrlari va blankalari musodara qilingan.
Tergov ishi doirasida Moskva, Donesk, Rostov-Don va Tula shaharlarida 30 ta tintuv o‘tkazilib, ko‘plab davlat idoralari va muassasalarining, shu jumladan, xorijiy davlat shtamplari, muhrlari va blankalari musodara qilingan.